Xorazm U21 sönggi daqiqalarda ğalabani ilib ketdi!
27-07-2026, 20:31
42 марта
Xorazm U21 sönggi daqiqalarda ğalabani ilib ketdi!U21 çempionatining 14-turidan örin olgan bahsda
«Xorazm» U21 jamoasi öz maydonida «Surxon» U21 ustidan irodali ğalabaga erişdi.
Uçraşuvning 13-daqiqasida Umidbek Sultonov hisobni oçib, mezbonlarni oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölimda mehmonlar 80-daqiqada Jamşid Omonovning goli evaziga hisobni tenglaştirişga muvaffaq bölişdi.
Biroq bahsning 88-daqiqasida Mirjalol Sultonov hal qiluvçi golni kiritib, «Xorazm» U21 jamoasiga muhim uç oçkoni taqdim etdi.
U21 çempionati, 14-tur
«Xorazm» U21 – «Surxon» U21 — 2:1
Gollar:
- Umidbek Sultonov, 13 (1:0)
- Jamşid Omonov, 80 (1:1)
- Mirjalol Sultonov, 88 (2:1)




