Olimpiadaga yöllanma beruvçi Osiyo kubogi qayerda bölişi malum böldi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qömitasining navbatdagi yiğilişida 2028 yilgi U-23 Osiyo kubogiga mezbon mamlakat nomi rasman tasdiqlandi. Qarorga köra, musobaqa Yaponiyada bölib ötadi.
Mazkur turnir Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya öyinlariga Osiyo saralaş bosqiçi vazifasini bajaradi. Şu bois, qitaning eng kuçli olimpiya terma jamoalari Olimpiada yöllanmalari uçun aynan Yaponiyada bahs olib boradi.
Malumot uçun, Los-Anjeles-2028 Olimpiya öyinlarida erkaklar futboli musobaqasida jami 12 ta terma jamoa iştirok etadi.
Özbekiston olimpiya terma jamoasi ham navbatdagi Olimpiada yöllanmasi uçun kuraş olib boradi. Temur Kapadze boşçiligidagi jamoa 2024 yili Qatarda bölib ötgan U-23 Osiyo kubogida finalgaça yetib borib, ikkinçi örinni egallagan va mamlakat tarixida ilk bor Olimpiya öyinlariga yöllanmani qölga kiritgan edi.
Parij-2024 Olimpiadasida Özbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqiçida iştirok etib, musobaqani 1 oçko bilan yakunlagan.
Endi esa Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasi şogirdlari Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi yöllanmasi uçun Yaponiyada ötkaziladigan U-23 Osiyo kubogida yana bir bor öz imkoniyatlarini sinab körişadi.