USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Aksariyat federatsiyalar qarşi çiqsa, yangi loyiha taşkil etilmaydi – FIFA

67 марта

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) xalqaro federatsiyalarning aksariyati taşabbusni qöllab-quvvatlamasa, FIFA yangi tijoriy loyiha taşkil etilmasligini malum qildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.

“Agar xalqaro assotsiatsiyalarning köpçiligi qöllab-quvvatlamasa, FIFA’ning tijorat faoliyati özgarişsiz qoladi. Yangi loyiha taklifi 3 ta asosiy tamoyilga tayanadi: futbol rivoji uçun misli körilmagan moliyalaştiriş imkoniyatlarini yaratiş, sportimizning tijorat salohiyatiga haqiqiy global egalikni taminlaş hamda barça xalqaro assotsiatsiyalarga demokratik jarayon orqali öz taqdirini mustaqil belgilaş imkonini beriş”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq, FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon çempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotişni rejalaştirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. FIFA’ning hisob-kitoblariga köra, uşbu loyiha orqali 4,2 milliard dollar jalb qilinişi mumkin.

Malumotga köra, taklifni qöllab-quvvatlagan federatsiyalarning har biriga 35 million yevro miqdorida subsidiya vada qilingan. Qarorni tasdiqlaş uçun sönggi muddat joriy yilning 19 sentyabr kuni etib belgilangan. Şu muddatdan keyin rozilik bildirgan federatsiyalar qöşimça ravişda taxminan 9 million yevro olişi mumkinligi aytilgan.

Biroq bu taşabbus futbol mutasaddilari, milliy federatsiyalar va qator sport taşkilotlari tomonidan keskin tanqid qilindi. Keyinroq, UEFA uşbu reja bekor qilinmagunça FIFA homiyligidagi barça turnirlarni boykot qilişini elon qildi. Bu qaror UEFA’ning barça 55 ta azo assotsiatsiyasi tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: