“Santos” muzeyida Neymarning haykali örnatildi
Braziliyaning “Santos” klubi muzeyida jamoa tarbiyalanuvçisi va klub afsonasi Neymarning haykali oçildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Neymarning haykalining tantanali oçiliş marosimida futbolçining özi ham iştirok etdi.
Neymar 2025 yilda özining ilk professional klubi — “Santos”ga qaytgan edi. Uning klub bilan amaldagi şartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxiriga qadar möljallangan.
2026 yilgi mavsumda hujumçi “Santos” safida 16 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 8 ta gol urdi.
Faoliyati davomida Neymar “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Al-Hilol” klublari şarafini ham himoya qilgan.
Neymar şuningdek, Braziliya milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar hisoblanadi. U terma jamoa safida 130 ta öyinda iştirok etib, 80 ta gol muallifi bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan söng Neymar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini malum qilgandi.