Ispaniya futbol federatsiyasi “Barselona”ga qarşi iş qözğatdi
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) “Atletiko Madrid”ning şikoyatidan söng “Barselona”ga nisbatan intizomiy iş qözğatdi. Bu haqda “SadenaSER” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, “Atletiko Madrid” klubi “Barselona”ni hujumçi Xulian Alvares bilan amaldagi şartnomasi mavjud bölişiga qaramasdan, ruxsatsiz aloqa örnatganlikda ayblamoqda.
Madrid klubi fikriça, “Barselona” FIFA’ning futbolçilarni şartnomaning dastlabki yillarida boşqa klublarning noqonuniy aralaşuvidan himoya qiluvçi qoidalarini buzgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan RFEF rasman “Barselona” nisbatan intizomiy iş qözğatgan va işni körib çiqiş uçun maxsus tergovçi tayinlagan.
Kataloniya klubi esa iş yuritilişi boşlangani haqida rasmiy xabardor qilingan. Endi klub öz tuşuntirişlarini taqdim etiş va öz pozitsiyasini himoya qiliş imkoniyatiga ega.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Barselona” Xulian Alvares bilan şaxsiy şartlar böyiça kelişuvga erişgani hamda “Atletiko Madrid”ga 100 million yevrolik rasmiy taklif yuborgani haqida xabar berilgan edi. Keyinçalik Madrid klubi kataloniyaliklarning uşbu taklifini rad etgan.