USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeÇL: PSJ «Myunxenda «Inter»ni «kömdi»

226 марта

31 may kuni Myunxendagi «Alliants Arena» stadionida bölib ötgan UYeFA Çempionlar Ligasi finalida Pari Sen-Jermen (PSJ) jamoasi Italiyaning Inter klubini 5:0 hisobida mağlub etdi va klub tarixida ilk bor YeÇL çempioniga aylandi.



Öyin faol boşlandi va 12-daqiqada Aşraf Hakimi Dezire Duye tomonidan uzatilgan pasni golga aylantirdi. 21-daqiqada esa öşa Duye özi ham gol urib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. 64-daqiqada Vitiniyaning pasidan keyin Duye ikkinçi bor darvoza törini işğol qildi. 76-daqiqada esa Hviça hisobni 4:0 körinişiga keltirgan bölsa, 86 Meyulyu beşinçi golni kiritdi.


Bu ğalaba PSJ uçun nafaqat Çempionlar Ligasidagi birinçi çempionlik, balki butun klub tarixidagi eng yorqin lahzalardan biri böldi. Avvalroq, 2020 yilda PSJ finalda iştirok etib, «Bavariya»ga 1:0 hisobida yutqazgan edi. Bu safar esa frantsuzlar öz maqsadlariga erişdi.


Şuningdek, PSJ joriy mavsumda Frantsiya çempionati (Liga 1), Frantsiya Kubogi va UYeFA Çempionlar Ligasini yutgan holda treblga erişdi.

Şunday qilib, PSJ endi 2025 yilgi UYeFA Superkubogi finalida Yevropa Ligasi ğolibi bölgan «Tottenxem»ga qarşi maydonga tuşadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: