Gavi vadasinining ustidan çiqdi
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyaçisi Gavi 2026 yilgi Jahon çempionati davomida bergan vadasining ustidan çiqdi. Futbolçi soçlarini puşti rangga böyadi. Bu haqda Gavi özining Instagram sahifasida malum qildi.
22 yoşli futbolçi ijtimoiy tarmoqlarda soçini puşti rangga böyatgan holda tuşgan suratini elon qildi va muxlislarga yangi qiyofasini namoyiş etdi.
Gavi joriy yilgi Jahon çempionati davomida: “Agar Ispaniya Jahon çempionatida ğolib bölsa, soçimni puşti rangga böyayman”, deya vada bergan edi.
Ispaniya Jahon çempionatida ğalaba qozongandan keyin “Real Madrid” jamoasi himoyaçisi Mark Kukurelya ham öz vadasini bajarib, qöliga terma jamoa boş murabbiyi Luiis de la Fuentening yuzi tasvirlangan tatuirovka çizdirgandi.
Eslatib ötamiz, Ispaniya terma jamoasi finalda Argentinani Ferran Torresning yagona goli evaziga 1:0 hisobida mağlub etib, 2026 yilgi Jahon çempionati boş sovrinini qölga kiritgandi.