Ronalduning töyi haqida nimalar malum?
Bugun, 8 avgust kuni 2026 yilning eng şov-şuvli va haşamatli töylaridan biri şu hafta oxirida bölib ötişi taxmin qilinmoqda. Kriştianu Ronaldu va Jorjina Rodriges Portugaliyaning Madeyra orolida turmuş qurişi kutilmoqda. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Juftlik 2016 yilda Madriddagi Gucci dökonida tanişgan. Öşa paytda Jorjina savdo maslahatçisi bölib işlagan. U keyinçalik Ronaldu bilan munosabatlari “bir körişdagi muhabbat”dan boşlanganini aytgan.
41 yoşli Ronaldu ötgan yozda Jorjinaga turmuş qurişni taklif qilgan. Rodriges Instagram sahifasida qiymati taxminan 3 million funt sterlingga baholangan nikoh uzugini namoyiş etgan edi. Portugaliyalik futbolçi ham avvalroq Jorjinaga uylanişiga “1000 foiz işonç” bildirgan.
Hozirda asosan Saudiya Arabistonida istiqomat qiladigan juftlikning nikoh marosimi Ronaldu tuğilib ösgan Madeyra orolida ötkaziladi.
Mahalliy OAVning malumotlariga köra, orol poytaxti Funşaldagi sobor bugun, 8 avgust kuni yirik töy marosimi uçun band qilingan. Taxminan 800 kişini siğdira oladigan soborda Jorjina va Ronalduning nikoh marosimi ötkazilişi kutilmoqda.
Şundan söng, juftlik va mehmonlar sobordan bor-yöği beş daqiqalik avtomobil yölida joylaşgan beş yulduzli Savoy Palace mehmonxonasiga yöl olişadi. Xabarlarga köra, töy ziyofati aynan şu yerda taşkil etiladi.
Ronalduning boyligi taxminan 1,4 milliard dollarga baholanadi. Şu bois futbol yulduzi va Jorjinaning töyi ham yuqori darajadagi haşamat bilan ötişi kutilmoqda.
Savoy Palace Madeyradagi eng nufuzli mehmonxonalardan biri hisoblanadi. Majmuada 6 ta basseyn, spa, bir neçta restoran va Atlantika okeaniga panoramali manzara oçiladigan haşamatli xonalar mavjud.
Ronaldu va uning oilasi avval ham uşbu mehmonxonada köriniş bergan. Juftlikning mehmonxonaning yuqori qavatlarida joylaşgan The Reserve nomli haşamatli qismida qolişi taxmin qilinmoqda. U yerda bir keçalik narx 1100 funt sterlingdan boşlanadi.
Mehmonxonada yirik tantanalar uçun möljallangan Grand Ballroom ham mavjud bölib, u 1000 nafargaça mehmonni qabul qila oladi. Şuningdek, binoning tom qismida joylaşgan Galáxia restorani, basseynlar va turli haşamatli dam oliş hududlari bor.
Qiziği, Ronalduning Atlantika okeaniga qaragan yetti qavatli, bir neça million funt sterlingga baholanadigan şaxsiy uyi ham mehmonxona yaqinida joylaşgan. Şunga qaramay, juftlik töydan keyin döstlari va yaqinlari bilan birga Savoy Palace’da qolişi kutilmoqda.
Ronaldu va Jorjina hozirça töyning sanasi va ötkaziladigan joyi haqida rasman malumot bermagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ronalduning töy marosimiga Messini ham taklif qilgani haqida xabar berilgandi.