Messi otasining dafn marosimida iştirok etdi
Lionel Messi va uning oila azolari Argentinaning Rosario şahri yaqinida joylaşgan rasmiy “El Prado” qabristonida otasi Xorxe Messining dafn marosimida iştirok etdi. Bu haqda EFE naşri xabar berdi.
Manbaga köra, marosim kiçik doirada va kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari ostida ötkazilgan. Messi bir kun avval rafiqasi Antonela Rokutstso va farzandlari bilan Rosarioga yetib kelgan. Keyinroq ularga onasi Seliya Kuççittini, aka-ukalari Matias va Rodrigo hamda singlisi Mariya Sol qöşilgan.
Messi oilasini qöllab-quvvatlaş uçun aeroport va qabriston oldida muxlislar ham töplangan.
Malumot uçun, Xorxe Messi uzoq davom etgan kasallikdan söng joriy yilning 8 avgust kuni Rosariodagi şifoxonada 68 yoşida vafot etdi. Uning ölim sababi oçiqlanmagan. Xorxe Messi öğlining professional faoliyati davomida uning agenti sifatida işlagan.
Xorxe Messining soğliği bilan boğliq muammolar 2026 yil iyun oyida, Jahon çempionati vaqtida malum bölgan edi. Argentina terma jamoasining Jazoirga qarşi ilk uçraşuvidan söng Lionel Messi köz yoşlarini tiya olmagan va bir neça oğir kunlarni boşidan keçirganini aytgan. Keyinçalik futbolçining oilasi Xorxe Messi tibbiy nazorat ostida davolanayotganini malum qilgan.