Alvares “Atletiko”da boşqa öynamoqçi emas – OAV
“Atletiko Madrid” hujumçisi Xulian Alvares qatiy qarorga kelib, “Barselona”ga ötişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, argentinalik futbolçi şaxsan Madrid klubi boş murabbiyi Diyego Simeone bilan uçraşib, undan transferni amalga oşirişga yordam berişni söraşni rejalaştirgan. Biroq Alvares murabbiyi bilan suhbatlaşa olmagan. Simeone ikki kunlik tatildan foydalanib, Ibitse oroliga yöl olgan. Hujumçi tatilda bölgan “Atletiko” boş direktori bilan ham uçraşa olmagan. Manbaga köra, bu holat futbolçining jahlini çiqargan.
Alvares maşğulot maydonida klub vakillariga endi maydonga tuşa olmasligini malum qilgan. Argentinalik futbolçi Simeone qaytganidan söng unga öz qarorini şaxsan bildirmoqçi.
Eslatib ötamiz, avvalroq agar “Barselona” Alvares transferini ijobiy yakunlay olmasa, argentinalik boşqa bir hujumçi Lautaro Martines variantini körib çiqişi haqida xabar berilgandi.