“Al-Nasr” Kriştianu Ronalduni töyi bilan tabrikladi
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi boş murabbiyi Anje Postekoglu jamoa hujumçisi va sardori Kriştianu Ronalduni töyi bilan tabrikladi. Murabbiyning sözlaridan söng jamoadoşlari ham portugaliyalik futbolçini olqişladi.
Avvalroq, Ronaldu va model Jorjina Rodriges joriy yilning 11 avgust kuni turmuş qurgani haqida xabar bergan edi.
Malumotlarga köra, juftlikning töy marosimi Lissabon yaqinidagi Kaşkayş sohil şahrida bölib ötgan. Marosimda juftlikning beş nafar farzandi ham iştirok etgan.
Malumot uçun, Ronaldu ötgan yilning aynan 11 avgust kuni sevgilisi Rodrigesni qölini söragandi. Öşanda Rodriges katta nikoh uzugi aks etgan suratni joylaştirib, ispan tilida “Ha, men roziman. Bu safar ham, butun hayotim davomida ham”, deb yozgan. Ronaldu va Jorjina 2016 yildan buyon munosabatlarda bölib kelgan.