“Barselona” Rodri uçun “Siti”ga uçinçi taklifni yuboradi
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Mançester Siti” klubi yarim himoyaçisi Rodri transferini amalga oşiriş uçun uçinçi taklifni tayyorlamoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga köra, “Mançester Siti” kataloniyaliklarning 50 va 60 million yevrolik takliflarini rad etgan. Endi “Barselona” ingliz klubi talab qilayotgan 80 million yevro bilan 60 million yevro oraliğidagi summa böyiça kelişuvga erişişga tayyor. Kataloniyaliklar transferni amalga oşiriş imkoniyatiga işonç bilan qaramoqda.
Rodri 2019 yil yozidan buyon “Mançester Siti” safida öynab kelmoqda. Uning klub bilan şartnomasi 2027 yil yozigaça amal qiladi.
30 yoşli ispaniyalik yarim himoyaçi 2025/26 yilgi mavsumda barça musobaqalarda 33 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 2 ta gol urgan.