Qozoğistonlik futbolçi “Byornli” klubiga ötdi
Qozoğiston terma jamoasi hujumçisi Doston Satpayev Angliyaning “Çelsi” jamoasidan “Byornli” klubiga ijaraga ötdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
London klubi joriy yilning 12 avgust kuni 18 yoşga tölgan Satpayevning Olmaotaning “Qayrat” jamoasidan transferini rasman elon qildi. Şuningdek, “Çelsi” futbolçining yangi mavsumni “Byornli” safida ijara asosida ötkazişini malum qildi.
“Byornli” ötgan mavsum Angliya Premer-ligasida 19-örinni egallab, Çempionşipga tuşib ketgan edi. Jamoa yangi mavsumni 16 avgust kuni öz maydonida “Vest Xem”ga qarşi uçraşuv bilan boşlaydi.
Satpayevning transferi maxsus videorolik orqali elon qilindi. Keyinçalik “Byornli” ham futbolçining “Çelsi” bilan bir mavsumlik ijara şartnomasini rasman tasdiqladi.
Satpayev mavsumoldi yiğinlarining katta qismini “Çelsi” tarkibida ötkazdi. Xalqaro turning birinçi uçraşuvida u London klubi safidagi ilk golini Avstraliyaning “Vestern Sidney Uonderers” jamoasiga qarşi bahsda urdi.