USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasman! Rodri “Barselona” futbolçisiga aylandi

64 марта
Расман! Родри “Барселона” футболчисига айланди

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi 2024 yilgi “Oltin töp” sohibi, Ispaniya terma jamoasi safida jahon va Yevropa çempioni bölgan yarim himoyaçi Rodri bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Şartnomaning amal qiliş muddati rasman malum qilinmagan. Jurnalist Fabritsio Romano avvalroq “Barselona” va Rodri örtasidagi kelişuv 2030 yilgaça möljallanganini xabar qilgan edi.

Joriy yilning 17 avgust kuni Rodri Barselonaga uçib kelgan va jurnalistlarga “Barselona”ga ötganini malum qilgan.

30 yoşli futbolçi 2019 yildan buyon “Mançester Siti” safida töp tepib kelayotgan edi. Unga qadar Rodri “Atletiko Madrid” va “Vilyarreal” klublari şarafini himoya qilgan.

Ispaniyalik yarim himoyaçi “Mançester Siti” bilan tört karra Angliya çempioni, uç karra Angliya Liga kubogi, ikki karra Angliya kubogi, ikki karra UEFA Superkubogi sohibi bölgan. Şuningdek, u Çempionlar ligasi, Angliya Liga kubogi va Klublar örtasidagi Jahon çempionatida ham ğoliblikni qölga kiritgan.

Malumot uçun, Rodri Ispaniya terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon çempionati, 2024 yilgi Yevropa çempionati va 2023 yilgi Millatlar Ligasi çempioniga aylangan. 2026 yilgi Jahon çempionatida u turnirning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.

2024 yilda Rodri “France Football” jurnali tomonidan topşiriladigan “Oltin töp” mukofotini qölga kiritdi. U mazkur sovrinni qölga kiritganidan keyin “Barselona” safida töp tepgan tarixdagi ikkinçi futbolçiga aylandi.

Bungaça “Oltin töp” sohibi bölgan yagona futbolçi sifatida niderlandiyalik Yoxan Kroyf “Barselona”da töp tepgan. Kroyf ilk “Oltin töp”ini 1971 yilda qölga kiritgan va 1973 yilda “Barselona”ga qöşilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: