“Barselona” beş futbolçisini sotişi mumkin
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi transfer oynasi yopilgunga qadar beş nafar futbolçisi bilan xayrlaşişi mumkin. Bu haqda jurnalist Xose Alvares malum qildi.
Jurnalistning xabar berişiça, Frenki de Yong, Mark Kasado, Ektor Fort, Alexandro Balde va Jyul Kunde klubni tark etişi mumkin bölgan futbolçilar röyxatida turibdi. Ularning barçasiga boşqa klublardan qiziqiş bor.
Xususan, yaqinda “Mançester Siti” Frenki de Yongga qiziqiş bildirgan. Mark Kasado Saudiya Arabistoni klublaridan biriga ötişi mumkin.
Ektor Fortga “Real Sosedad” va “Borussiya Dortmund” qiziqiş bildirmoqda. Alexandro Balde “Mançester Yunayted”ning qiziqiş doirasida bölsa, Jyul Kunde ham Premer-liga vakillarining radaridan joy olgan. Şu sababli trasfer oynasi yakunlangunga qadar bu futbolçilar jamoani tark etişi mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 22 avgust kuni “Barselona” La Liga yangi mavsumining ilk bahsida “Elçe” ustidan 5:0 hisobidagi yirik ğalaba qozongan edi.