Xorazmda çim ustida xokkey böyiça Özbekiston kubogi boşlandi
25-08-2026, 14:25
72 марта
Xorazmda çim ustida xokkey böyiça Özbekiston kubogi boşlandiXorazm viloyatida çim ustida xokkey sport turi böyiça kiçik ösmirlar — U-14 qizlar örtasida Özbekiston kubogi bahslari boşlandi.
Musobaqada Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahridan saralab olingan eng kuçli jamoalar ğoliblikka davogarlik qilmoqda. Yoş xokkeyçi qizlar mazkur musobaqada öz mahoratlarini namoyiş etiş, tajriba orttiriş va mamlakat çempionatiga yöllanma oliş uçun maydonga tuşmoqda.
Musobaqa 25–29 avgust kunlari Urganç şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida davom etadi va yakunida ğolib jamoa aniqlanadi.




