Rasman! Savino “Tottenxem”ga ötdi
Londonning “Tottenxem” jamoasi braziliyalik qanot hujumçisi Savinoni öz safiga qöşib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Malumotlarga köra, transferning umumiy qiymati 85 million funt sterlingni taşkil qiladi. “Tottenxem” dastlab 75 million funt tölaydi, yana 10 million funt bonuslar körinişida nazarda tutilgan.
Savino “Mançester Siti” safida ikki mavsum ötkazib, 84 ta uçraşuvda maydonga tuşdi va 7 ta gol urdi. U “şaharliklar” bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogida ğolib bölgan.
22 yoşli futbolçi Braziliya terma jamoasi safida 13 ta öyinda iştirok etib, 1 ta gol urgan.
Malumotlarga köra, mazkur transfer “Mançester Siti” tarixidagi eng qimmat sotuvga aylandi. Savinoning transferi avvalgi rekord egasi Xulian Alvaresning “Atletiko Madrid”ga 64 million funt sterlinglik transferidan qimmatroq böldi.