“Siti” Entso Fernandes uçun 164 mln yevro taklif qilmoqçi
“Mançester Siti” transfer oynasining sönggi kunlarida Entso Fernandes uçun “Çelsi”ga yirik taklif bilan çiqişga tayyorlanmoqda. Bu haqda jurnalist Gaston Edul malum qildi.
Argentinalik jurnalistning malum qilişiça, “Mançester Siti” 25 yoşli yarim himoyaçi uçun 130–140 million funt sterling taklif qilişni rejalaştirmoqda. Bu hozirgi kurs böyiça taxminan 152–164 million yevroni taşkil qiladi.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano ham “Siti” transfer oynasi yopilguniga qadar Fernandes uçun rasmiy taklif bilan çiqişni rejalaştirayotganini xabar qilgan edi.
Argentinalik futbolçi ham transferga yöl oçgani aytilmoqda. “Çelsi” esa Fernandesni faqat moliyaviy jihatdan qulay taklif tuşgan taqdirdagina sotişni körib çiqişi mumkin. London klubi futbolçining transferini taxminan 120 million funt sterlingga baholayotgani xabar qilingan.
Malumot uçun, Fernandesning “Çelsi” bilan şartnomasi 2032 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” esa argentinalik futbolçining ayni paytdagi bozor qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.