Lamin Yamal 91 yillik rekordni yangiladi
Lamin Yamal “Barselona” tarixida 50 ta gol urgan eng yoş futbolçiga aylandi. U bu natijaga Ispaniya çempionatining ikkinçi turida “Rayo Valekano”ga qarşi uçraşuvda (5:2) ikkita gol kiritiş orqali erişdi.
Keça, 31 avgust uçraşuv kuni Yamal 19 yoş 49 kunlik edi. Avvalgi rekord egasi ispaniyalik hujumçi Xosep Eskola bölib, u 1935 yilda 20 yoş 356 kunligida 50 ta gollik marraga yetgan.
“Barselona” tarixidagi eng yaxşi töpurar Lionel Messi esa uşbu körsatkiçni 21 yoş 120 kunligida qayd etgan.
Malumot uçun, Yamal “Barselona” tarbiya tizimi mahsuli hisoblanadi. Hujumçi 2023 yil aprel oyidan beri asosiy jamoa safida töp tepib kelmoqda.
U kataloniyaliklar bilan uç marta Ispaniya çempionati (2023, 2025, 2026), ikki marta Ispaniya Superkubogi (2025, 2026) va bir marta Ispaniya Kubogi (2025) ğolibi bölgan.
Şuningdek, Yamal Ispaniya terma jamoasi bilan 2024 yilgi Yevropa çempionati va 2026 yilgi Jahon çempionatida ğolib çiqqan.