“Mançester Siti” tarixidagi eng qimmat transferni amalga oşirdi
Angliyaning “Mançester Siti” klubi argentinalik yarim himoyaçi Entso Fernandesni “Çelsi”dan sotib oldi va bu transfer klub tarixidagi eng qimmat kelişuvga aylandi. Bu haqda klub matbuot xabar berdi.
“Transfermarkt” malumotlariga köra, kelişuv qiymati 145 million yevroga baholanmoqda.Bungaça “Mançester Siti” tarixidagi eng qimmat transfer Angliya terma jamoasi yarim himoyaçisi Elliot Andersonning “Nottingem Forest”dan kelişi edi. Joriy yozda ingliz futbolçisi uçun 135 million yevro sarflangan.
Uşbu reytingda uçinçi örinni Jek Griliş egallaydi. U 2021 yilning yozida “Aston Villa”dan “Mançester Siti”ga 117,5 million yevroga köçib ötgan.
Malumot uçun, Entso Fernandes 2023 yilning yanvar oyida “Çelsi” safiga qöşilgan edi. U londonliklar tarkibida barça musobaqalarda 170 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 31 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” Yan Diomande uçun 125 million yevro tölab, öz tarixidagi eng qimmat transferni amalga oşirgandi.