Mahammadjonov Rossiya jamoasiga ötdi
“Andijon”ning 23 yoşli qanot himoyaçisi Mahmud Mahammadjonov Rossiya Premer-ligasida iştirok etuvçi Maxaçqalaning “Dinamo” klubiga transfer qilindi. Bu haqda “Andijon” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Klub malumotiga köra, futbolçining transfer qiymati 250 ming dollarga baholangan. Mahmud Mahammadjonov joriy yil boşida “Andijon” tarkibiga qöşilgan edi. U jamoa safida Özbekiston Superligasida 19 ta uçraşuvda maydonga tuşib, bir marta golli uzatma amalga oşirdi. Özbekiston Kubogi bahslarida esa 3 ta öyinda iştirok etib, 2 ta assist qayd etdi.
Şu tariqa, Mahamadjonov “Andijon” safida barça musobaqalarda jami 22 ta uçraşuvda iştirok etdi.
Malumot uçun, Mahmud Mahammadjonov 2023 yilgi Toşkentda ötkazilgan U-20 Osiyo kubogi çempioni va şu yoş toifasidagi Jahon çempionati iştirokçisi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi va Samarqandning “Dinamo” klubi himoyaçisi Jahongir Örozov Rossiyaning “Rubin” klubiga ötgandi.