“Liverpul” APL tarixidagi eng yirik homiylik şartnomasini imzoladi
Turkiş Airlines kompaniyasi 2027 yildan Angliyaning “Liverpul” klubi boş homiysiga aylanadi va bu Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat titul homiyligi kelişuviga aylanadi. Bu haqda “The Times” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, tomonlar örtasidagi hamkorlik 2027 yil 1 iyundan boşlanadi. Turkiya aviakompaniyasi 2027-2028 yilgi mavsumdan “Liverpul”ning erkaklar, ayollar va akademiya jamoalari libosining old qismida öz logotipini joylaştiradi. Şu tariqa 2010 yildan buyon klubning asosiy homiysi bölib kelayotgan Standard Çartered örnini Turkiş Airlines egallaydi.
“The Times” malumotiga köra, beş yillik şartnoma 300 million funtdan ortiq qiymatga ega bölib, Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat libos homiyligi kelişuviga aylanadi.
Standard Çartered esa 2027 yildan klubning global hamkori sifatida “Liverpul” bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bank 2010 yilda klubning asosiy homiysiga aylangan va uning şartnomasi 2026-2027 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.
Malumot uçun, “Liverpul” Angliyaning 20 karra çempioni, olti karra Yevropa Çempionlar ligasi ğolibi va tört karra UEFA Superkubogi sohibi hisoblanadi.