Husanovning “Portu”ga qarşi öyini qanday baholandi
Keça, 8 sentyabr kuni Çempionlar ligasining 2026-2027 yilgi mavsumidagi ilk uçraşuvida “Mançester Siti” safarda “Portu”ni 2:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvda Özbekiston terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov ikkinçi bölim boşida maydonga tuşdi.
Husanov öyinning 48-daqiqasida Yoşko Gvardiol örniga zaxiradan öyinga qöşildi. “Flaşscore” portali Husanovning uçraşuvdagi harakatlarini 6,5 ballga baholadi.
“Mançester Siti”ning uçraşuvdagi har ikki golini Erling Holand kiritdi. Norvegiyalik hujumçi Çempionlar ligasidagi gollari sonini 59 taga yetkazib, Tomas Myullerni ortda qoldirdi va musobaqa tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida yettinçi öringa kötarildi. Holand bu natijaga 59 ta uçraşuvda erişdi.
Malumot uçun, joriy mavsum Husanov uçun Çempionlar ligasidagi törtinçi mavsumi böldi. U mazkur musobaqada avval “Lans” va “Mançester Siti” jamoalari safida jami 9 ta uçraşuvda maydonga tuşgan. Himoyaçi “Lans” tarkibida 2 marta, “Mançester Siti” bilan esa 7 marta Çempionlar ligasida öynagan.