Katta tanaffusdan keyin futbolga qaytgan Mudrid uzoq muddatga safdan çiqdi
Ukrainalik futbolçi Mixail Mudrik jarohat oldi va yaqin orada “Tottenxem”ga yordam bera olmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano malum qildi.
Romanoning xabar berişiça, 25 yoşli qanot hujumçisi maşğulot vaqtida töpiğidan jarohat olgan. U taxminan 6-8 hafta davomida maydonga tuşa olmaydi.
Joriy yilning 5 sentyabr kuni ukrainalik futbolçi “Tottenxem” safida debyut qildi va uçraşuvning ikkinçi bölimida zaxiradan maydonga tuşdi. London klubi Mudrikni mavsum oxiriga qadar sotib oliş huquqi bilan ijaraga olgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 17 dekabr kuni Mudrikning doping-testi ijobiy natija bergani malum bölgan edi. Şundan söng u Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) qarori bilan tört yilga futboldan çetlatilgandi. Keyinçalik FA va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) kelişuvga erişib, futbolçining diskvalifikatsiya muddatini u amalda ötab bölgan davr bilan çekladi.