Bahodir Jalolov WBC reytingida ikki poğona yuqoriladi
Özbekistonlik boksçi Bahodir Jalolov Jahon boks kengaşining (WBC) yangilangan reytingida ikki poğona yuqoriladi. Buni yangilangan reytingda köriş mumkin.
WBC’ning yangi reytingida Jalolov oğir vazn toifasida 11-örinni egalladi. Avvalgi reytingda u 13-poğonada qayd etilgan edi.
Jalolovdan yuqorida turgan ukrainalik Andrey Novitskiy ham reytingdagi örnini yaxşilab, 12-örindan 10-poğonaga kötarilgan. Top-10 likda qolgan boksçilar öz örinlarini saqlab qolgan. Buyuk britaniyalik Tayson Fyuri esa hamon reyting peşqadami bölib qolmoqda.
Malumot uçun, Bahodir Jalolov sönggi jangini joriy yilning 9 may kuni Mançesterda ötkazgandi. Unda özbekistonlik boksçi xorvatiyalik oğir vazn vakili Agron Smakiçni muddatidan oldin mağlub etgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2024 yilgi Parij Olimpiadasi çempioni Abdumalik Halokov vazn toifasidan qati nazar (P4P) dunyoning eng yaxşi havaskor boksçisiga aylangani haqida xabar berilgandi.