Portugaliyadagi özbekistonlik futbolçilar ilk bor MTJga çaqirildi
Özbekiston U-23 terma jamoasi va Portugaliyaning “Braga” klubi futbolçilari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov faoliyatida ilk bor Özbekiston milliy terma jamoaga çaqiruv oldi. Bu haqda Portugaliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Malumotlarga köra, ular boş murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan Özbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi yiğinlari uçun nomzodlar röyxatiga kiritilgan. Yoş futbolçilar endi milliy jamoa safida özini körsatiş imkoniyatiga ega böladi.
Özbekiston terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida ikkita örtoqlik uçraşuvida iştirok etadi. Kannavaro şogirdlari joriy yilning 24 sentyabr kuni Eronga qarşi maydonga tuşsa, 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.
Hasanov va Sodiqov uşbu yiğinda milliy terma jamoa tarkibida birinçi marta iştirok etadi. Agar futbolçilar uçraşuvlarda maydonga tuşsa, ularning har ikkisi ham Özbekiston milliy terma jamoasidagi rasmiy debyutini ötkazgan böladi.
Avvalroq, Fabio Kannavaro Jahon çempionati yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida 2027 yilgi Osiyo Kubogida terma jamoa ança yoşartirilişini aytib ötgandi.
Italiyalik mutaxassis joriy yilning sentyabr-oktyabr oyidagi xalqaro tanaffus uçun rasmiy qaydnomamni elon qilingani yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston terma jamoasining Xitoyda Argentina terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.