“Oltin töp” uçun asosiy 5 nomzod kim ekanligi aytildi
Frantsiyaning nufuzli “L’Équipe” naşri 2026 yilgi “Oltin töp” mukofoti uçun asosiy beşta nomzodni elon qildi. Naşr ularning nomlarini gazeta birinçi sahifasida joylaştirdi.
“L’Équipe” malumotlariga köra, 2026 yilgi “Oltin töp” uçun asosiy davogarlar quyidagilar:
- angliyalik Harri Keyn (“Bavariya”);
- argentinalik Lionel Messi (“Inter Mayami”);
- ispaniyalik Lamin Yamal (“Barselona”);
- frantsiyalik Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
- frantsiyalik Usmon Dembele (“Pari Sen-Jermen”).
2026 yilgi “Oltin töp” taqdimoti joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu mukofotning 70-marta topşirilişi böladi.
Ğolib FIFA reytingidagi eng yaxşi 100 ta terma jamoa vakili bölgan 100 nafar jurnalistning ovoz beriş natijalariga köra aniqlanadi.
Malumot uçun, futboldagi eng nufuzli individual mukofotning amaldagi sohibi Parijning “Pari Sen-Jermen” klubi yarim himoyaçisi Usmon Dembele hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2026 yilgi “Oltin töp” mukofoti uçun yakuniy 30 nafar nomzodlar röyxati elon qilindi.