“Kamp Nou” Çempionlar ligasi finalini qabul qiladi
“Barselona” jamoasining uy stadioni hisoblanadigan “Kamp Nou” 2029 yilgi Çempionlar ligasi finalini qabul qiladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
UEFA Ijroiya qömitasi bugun, 15 sentyabr kuni Gretsiyaning Saloniki şahrida yiğiliş ötkazdi. Yiğilişda Yevropa klublar örtasidagi eng nufuzli musobaqa finallarini kelgusi yillarda qaysi stadionlar qabul qilişi masalasi ham körib çiqildi.
Qarorga köra, Myunxendagi “Alyants Arena” 2028 yilgi, “Barselona”ning yangilanayotgan “Kamp Nou” stadioni esa 2029 yilgi Çempionlar ligasi finaliga mezbonlik qiladi.
“Kamp Nou”da hanuz tamirlaş işlari davom etmoqda. Ayni paytda stadionning yuqori sektorlari va tom qismini yakunlaş işlari qolgan.
Şu tariqa, Çempionlar ligasi finali 1999 yildagi maşhur bahsdan 30 yil ötib yana “Kamp Nou”ga qaytadi. Öşa finalda “Mançester Yunayted” “Bavariya”ni 2:1 hisobida mağlub etib, qöşimça vaqtgaça 0:1 hisobida ortda borayotganiga qaramay, çempionlikni qölga kiritgan edi.
“Kamp Nou” va uning atrofidagi hududdagi quriliş işlarini 2028 yilda töliq yakunlaş rejalaştirilgan. Rekonstruktsiyadan söng stadion siğimi taxminan 105 ming tomoşabinga yetkazilişi kutilmoqda.
Malumot uçun, 2027 yilgi Çempionlar ligasi finali Madriddagi “Metropolitano” stadionida bölib ötadi.