Ezzalzuli Seutani qöllab-quvvatlagani uçun ölim tahdidlariga uçradi
Marokaşlik futbolçi Abde Ezzalzuli Afrikaning şimolida joylaşgan Ispaniya anklavi Seuta bilan birdamlik bildirgan “Betis” klubiga qöşilgani ortidan ölim tahdidlariga uçradi. Bu haqda “A Bola” naşri xabar berdi.
“Real Betis”ning “Vilyarreal”ga qarşi safardagi uçraşuvi oldidan Abde ikki jamoa futbolçilari bilan birgalikda Seuta aholisini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Todos somos ceutes” (“Biz hammamiz Seutalikmiz”) şiori tuşirilgan futbolka kiydi.
Biroq futbolçining uşbu harakati ayrim marokaşlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining ğazabiga sabab böldi. “A Bola” naşri xabar berişiça, Abde ijtimoiy tarmoqlarda vatandoşlaridan haqorat va tahdidlar olgan. Ayrim foydalanuvçilar uni “xoin” va “qörqoq” deb atagan.
“Haqiqiy marokaşlik öz vatani eng köp muhtoj bölgan paytda uni taşlab ketmaydi. Ayrim narsalar heç qaçon unutilmaydi va xiyonat yillar davomida qozonilgan hurmatni yöq qiladi”, deb yozgan foydalanuvçilardan biri.
Yana bir izohda esa: “Vatanga xiyonat bir lahzalik harakat emas, balki tarixiy xotirada qoladigan şarmandalikdir. Vatanni sotib bölmaydi va öz yurtiga xiyonat qilganlar uning özini yöqotişidan oldinyoq hurmatni yöqotadi”, deya takidlangan.
Malumot uçun, Abde Marokaşning Beni-Mellal şahrida tuğilgan va Ispaniyaning Elçe şahrida voyaga yetgan. 2021 yilda u Ispaniya terma jamoasi safida öynaş imkoniyatini körib çiqqan, ammo yakunda Marokaş milliy jamoasini tanlagan.