Jerar Pike Javohir va Bibisora jamoasini tabrikladi
“Barselona”ning sobiq futbolçisi, jahon çempioni va tört karra Çempionlar ligasi ğolibi Jerar Pike Hindistonning Bangalor şahrida bölib ötgan Teç Mahindra Global Çess League-2026 turnirini muvaffaqiyatli yakunlagan “Fyers American Gambits” jamoasini tabrikladi. Bu haqda Pike Instagram sahifasida aytib ötdi.
“Salom, bolalar. Men şunçaki sizlarni tabriklamoqçi edim. Biz uçinçi örinni egalladik va menimça, sizlar ajoyib iş qildingiz. Ğalabaga juda yaqin keldik. Ammo nima bölişidan qati nazar, men sizlar bilan juda faxrlanaman. Işonçim komilki, kelajakda albatta ğalaba qozonamiz. American Gambits, olğa!” deydi Pike.
Bangalorda ötkazilgan Teç Mahindra Global Çess League-2026 jamoaviy turnirida qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva va “Fyers American Gambits” jamoasi safida iştirok etgan özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bronza medallarini qölga kiritdi.
Uçinçi örin uçun bahsda ularning jamoasi “Çeq Mumba Masters”ni ikki marta – 3,5:2,5 va 4:2 hisoblarida mağlub etdi. Sindorov musobaqa davomida Magnus Karlsenni mağlub etib, oçkolar böyiça undan özib ketgan bölsa, Assaubayeva ham jamoaning umumiy muvaffaqiyatiga katta hissa qöşdi.
Joriy yilning avgust oyida, turnir boşlanişidan biroz oldin, Jerar Pike rasman “Fyers American Gambits” jamoasining strategik aktsiyadori va hamkor investoriga aylangan edi.