“Bu ikki yuzlamaçilikka qaçon barham beriladi?” “Dinamo” hakamlikdan şikoyat qildi
Samarqandning “Dinamo” futbol klubi “Navbahor”ga qarşi uçraşuvdagi hakamlik qarorlaridan norozi ekanini bildirdi va uşbu uçraşuvdagi bahsli epizodlar yuzasidan Özbekiston professional futbol ligasini (ÖzPFL) öyinda işlagan hakamlarni tekşirişga çaqirdi.
Samarqandliklar klub matbuot xizmati orqali tarqatgan bayonotida Benjamin Teydining Azizbek Amonovga nisbatan qöpol harakati qizil kartoçkaga loyiq bölganini bildirgan.
“Dinamo” iştirokidagi öyinlarda hakamlik böyiça hali avvalgi bahsli vaziyatlarga javob topilmay, hattoki FIFA hakamlari futbolçilarimizga nisbatan yaqqol qöpollikni köra turib, körmaslikka olişmoqda.
Siz körayotgan bu qöpollik kuni keça ötgan “Navbahor” – “Dinamo” (3:2) öyinida röy berdi va bu vaziyat takrori negadir translyatsiyada batafsil efirga uzatilmadi. Namangandagi öyinni boşqargan hakam Doston Rahmonov köz öngidagi yaqqol qöpollikni körmadi yoki körişni istamadi. VAR hakami sifatida işlagan, mundialda iştirok etib qaytgan Ilgiz Tantaşev ham öyin qoidasi yaqqol buzilgan vaziyatni köra turib, körmaslikka oldi. Aks holda u boş hakamni monitor qarşisiga çaqirib, “Navbahor” öyinçisi maydondan çetlatilardi”, deyiladi klub rasmiy şikoyatida.
Klubning malum qilişiça, “Dinamo”ning “Surxon”ga qarşi öyinida oddiy vaziyatdagi ehtiyotsizlik uçun jamoa azosi Amadu Dumbuya maydondan çetlatilib, 3 öyinga diskvalifikatsiya va 10 mln söm jarimaga tortilgan. Teydining ataylab qilgan zöravonligi esa hattoki sariq kartoçkaga ham loyiq körilmagan.
“Özbek futbolidagi bu ikki yuzlamaçilikka qaçon barham beriladi?” deyiladi klub bayonotida.
Namanganda ötkazilgan “Navbahor” – “Dinamo” uçraşuvi 3:2 hisobida namanganliklar foydasiga hal böldi.
“Dinamo” klubi bu holat birinçi bor qayd etilmayotganini va FIFA hakami hisoblangan Ilgiz Tantaşevni klubga nisbatan doimiy adovat bilan işlab kelişda aybladi.
“Ötgan mavsum aynan Tantaşev janoblari Jizzaxda 90+12-daqiqada “Dinamo” darvozasiga penalti öylab topgan va “Söğdiyona” bilan bahsda ğalaba qöldan çiqarilgandi. Jamoamiz şikoyatidan keyin Ilgiz Tantaşevning qöpol xatosi tan olingan va uzr söralgan bölsa-da, yakunda öşa qimmatli 2 oçko “Dinamo”ni OÇL yöllanmasidan mahrum qildi. Oradan bir yil ötib – 25 avgust kuni Samarqandda “Dinamo” – “Paxtakor” bahsini boşqargan Tantaşev bu safar Firdavs Abdurahmonovning golini inobatga olmadi. Maşhur hakamimizning “Dinamo”ga nisbatan qanday adovati borki, har öyinda bu nohaqlik davom etaversa?” deyiladi klub xabarida.
Bayonotda ikki tur avval Qöqondagi uçraşuvda VAR hakami Jasur Muxtorov ham yaqqol penalti berilişi mumkin bölgan vaziyatda boş hakamni monitor qarşisiga çaqirmaganligini yozdi.
“Dinamo” PFK navbatdagi murojaatida Özbekiston Hakamlar markazidan “Navbahor” bilan öyindagi bahsli epizod böyiça ekspert hakamlarning rasmiy xulosasini söraşini malum qildi.
Klub, şuningdek, ÖzPFL va MTRKdan uçraşuv translyatsiyasida mazkur vaziyat nega töliq va takroriy körsatilmagani yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazişni söradi.