USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Osiyo öyinlarida medallar jamğariş reytingi qanday?

276 марта
Осиё ўйинларида медаллар жамғариш рейтинги қандай?

Keça, 22 sentyabr kuni 2026 yilgi Ayti–Nagoya Osiyo öyinlari rasmiy 3 kuni yakunlandi. Unga köra, Xitoy 32 ta oltin, 13 ta kumuş va 8 ta bronza medali bilan umumiy reytingda birinçi örinda bormoqda. 

Yaponiya 11 ta oltin, 16 ta kumuş va 19 ta bronza medali bilan ikkinçi, Janubiy Koreya esa 6 ta oltin, 4 ta kumuş va 17 ta bronza medali bilan uçinçi örinni egallagan.

Qozoğiston 6 ta oltin, 1 ta kumuş va 5 ta bronza medali bilan törtinçi, Tailand 4 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza bilan beşinçi örinda turibdi. Gonkong 3 ta oltin, 5 ta kumuş va 4 ta bronza medali bilan oltinçi, Tojikiston 2 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza bilan yettinçi poğonadan joy olgan.

Özbekiston delegatsiyasi hisobida hozirça 1 ta oltin, 4 ta kumuş va 1 ta bronza, jami 6 ta medal bor. Milliy delegatsiya uşbu natija bilan umumiy medallar jadvalida 9-örinni egallab turibdi. Hindiston 1 ta oltin, 4 ta kumuş va 2 ta bronza medali bilan 8-örinda, Xitoy Taypeyi esa 1 ta oltin, 3 ta kumuş va 5 ta bronza medali bilan 10-örinda bormoqda.

Malumot uçun, Özbekistonlik sportçilar 2023 yili Xançjou şahrida ötkazilgan sönggi yozgi Osiyo öyinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumuş va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beşinçi örinni egallagandi.

Изоҳ қолдириш

    • Jasur 23 Sentyabr 2026 09:43
      Бокс бўйича баҳслар бошланса жолланамиз гетамиз ҳали

Мавзуга алоқадор: