Formula-1 poygalari masofasi qisqartiriladi
Formula-1 böyiça Jahon çempionatida poyga masofalari 15 kilometrga qisqartiriladi. Bu haqda FIA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga köra, kelasi mavsumdan boşlab pilotlar amaldagi 305 kilometr örniga 290 kilometr masofani bosib ötişadi. Şuningdek, poyga davomidagi aylanalar soni ham ikki yoki uçtaga qisqartiriladi.
FIA poyganing davomiyligi böyiça uç soatlik çeklovni ham bekor qildi. Amaldagi qoidaga köra, agar poyga qizil bayroq sabab töxtatilsa, poyga boşlanganidan uç soat ötgaç yakunlangan deb hisoblanardi.
Şu bilan birga, poyganing özi boşlanganidan keyin ikki soatdan ortiq davom etmasligi haqidagi qoida saqlab qolindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Madridning “Real” jamoasi Ispaniya Gran-prisida Formula-1 hamkoriga aylangani haqida xabar berilgandi.