18 yoşli sportçi “Italiya gözali” böldi
Joriy yilning 21 sentyabr kuni Rim yaqinidagi Santa-Severa qalasida “Miss Italiya” tanlovi bölib ötdi. 16 nafar iştirokçi örtasida keçgan tanlovda 18 yoşli sinxron suzuvçi Sara Mariya Ritsea ğoliblikni qölga kiritdi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.
Sportçining eng muhim yutuqlaridan biri 2024 yilgi sinxron suziş böyiça Yevropa çempionatida qölga kiritilgan kumuş medaldir. U Filippo Pelati bilan texnik aralaş juftlik bahsida şohsupaga kötarilgan. Ritsea, şuningdek, ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida bronza medaliga sazovor bölgan.
Jahon kubogi bosqiçlarida italiyalik sportçining hisobida bitta kumuş va uçta bronza medali bor.
Gözallik tanlovida ğolib bölganidan keyin ham Ritsea sportdagi faoliyatini yakunlaş niyatida emas. U 2027 yilgi Jahon çempionatida iştirok etiş va 2028 yilgi Olimpiada öyinlariga yöllanma olişni rejalaştirmoqda.