USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şaxmat olimpiadasi. Özbekiston jamoalariga 8-turda qaysi mamlakatlar raqib böladi? 

108 марта
Шахмат олимпиадаси. Ўзбекистон жамоаларига 8-турда қайси мамлакатлар рақиб бўлади? 

Bugun, 24 sentyabr kuni Samarqand mezbonlik qilayotgan Butunjahon şaxmat Olimpiadasida 8-tur bahslari ötkaziladi. Unda Özbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniyaga qarşi dona suradi.   

Şuningdek, Özbekiston-2 terma jamoasi Angliya, Özbekiston-3 terma jamoasi esa Şveytsariya jamoasiga qarşi bahs olib boradi. Özbekiston ayollar terma jamoasi esa Niderlandiyaga qarşi dona suradi.

Ayni paytda Samarqandda ötkazilayotgan şaxmat Olimpiadasining navbatdagi bosqiçi yakunlariga köra, Özbekiston erkaklar terma jamoasi 14 oçko bilan umumiy reytingda peşqadamlik qilmoqda. Xitoy 11 oçko bilan ikkinçi, Armaniston esa 11 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda.

Ayollar örtasidagi bahslarda Xitoy terma jamoasi 13 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Qozoğistonlik şaxmatçi qizlar jamoasi ham 13 oçko töplagan holda ikkinçi örinda bormoqda. Hindiston terma jamoasi 12 oçko bilan uçinçi poğonadan joy olgan.

Özbekiston ayollar terma jamoasi esa 11 oçko bilan umumiy reytingda 9-örinni egallagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston erkaklar terma jamoasi Butunjahon şaxmat Olimpiadasida 7-turida jadval jihatdan asosiy raqib sifatida qaralgan Xitoy terma jamoasini 3:1 hisobida mağlubiyatga uçratgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: