Şaxmat olimpiadasi: Özbekiston yengilmay kelayotgan Armaniston şaxmatçilarini taslim qildi
Bugun, 26 sentyabr kuni Samarqand mezbonlik qilayotgan Butunjahon şaxmat olimpiadasida 10-tur bahslari ötkazildi. Unda Özbekiston erkaklar terma jamoasi Armanistonga qarşi dona surdi.
Unda Özbekistonning asosiy erkaklar jamoasi 9 tur davomida biror jamoaga yutqazmay kelayotgan Armaniston şaxmat ustalarini 3,5 : 0,5 hisobida yirik hisobda mağlubiyatga uçratdi. Yigitlar butun öyin davomida ustunlikni saqlab qoldi va kerakli oçkolarni yiğdi.
Jamoada Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Nodirbek Abdusattorov raqiblari ustidan işonçli ğalabaga erişdi. Nodirbek Yoqubboyev esa Şant Sargsyan bilan durang öynadi.
Özbekiston-1ning ayollar jamoasi ham uşbu turda Peru vakilalariga qarşi işonçli öyin körsatib, 3,5 : 0,5 hisobida mağlub etdi. Unda Nilufarxon Imomqöziyeva, Umida Omonova va Guldona Karimova raqiblaridan işonçli tarzda ustun kelgan bölsa, Afruza Hamdamova perulik şaxmat ustasi bilan durang natija qayd etdi.
Şuningdek, Özbekiston-2 terma jamoasi turnir peşqadamlaridan bölmiş Hindiston terma jamoasiga qarşi bahs olib bordi va 0,5 : 3,5 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Bundan taşqari, Özbekiston-3 terma jamoasi Isroil jamoasiga qarşi töqnaş keldi va 1,5 : 2,5 hisobida yengildi. Özbekiston-3 jamoasining ayollar termasi esa keniyalik şaxmatçi qizlar bilan 2 : 2 hisobida durangga rozi böldi.
Samarqandda davom etayotgan FIDE Şaxmat olimpiadasida 10-tur yakuniga köra, Open yönalişida Özbekiston terma jamoasi 18 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda.
Ayollar örtasida esa Xitoy terma jamoasi 18 oçko bilan 1-örinda. Özbekiston ayollar terma jamoasi 15 oçko bilan 7-örinda bormoqda.
Malumot uçun, olimpiada yakunlanişiga atigi 1 tur qoldi. Erkaklar örtasida Özbekistonning asosiy jamoasi oltin medallar uçun eng katta davogar bölib turibdi. Medallar masalasi aynan 11-tur bahslarida aniq böladi.