Osiyo öyinlari. Özbekiston 10-oltin medalni qölga kiritdi
Bugun, 27 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayçi-Nagoya şaharlarida ötayotgan Osiyo öyinlarining 8-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi kuraş bahslarida Özbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin va 1 bronza medalga ega çiqdi.
Ayollar örtasida -57 kg vazn toifasida iştirok etgan Ibodatxon Ağojonova final bahsida Xitoy Taypeyi vakili Van Van-Ting Lini mağlub etib, oltin medal sohibi böldi.
Erkaklar örtasida +90 kg vazn toifasida bahs olib borgan Şohruxxon Baxtiyorov ham Osiyo öyinlari çempioniga aylandi. Baxtiyorov finalda tojikistonlik Şakarmamad Mirmamadov ustidan ğalaba qozonib, delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qöşdi.
Uşbu vazn toifasida yana bir özbekistonlik sportçi Bekmurod Oltiboyev ham sovrindorlar safidan joy oldi. U yarim finalda Şohruxxon Baxtiyorovga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medal bilan yakunladi.
Şu tariqa, Osiyo öyinlari 8-kuni doirasidagi bahslarda özbekistonlik kuraşçilar hozirça 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qölga kiritdi.
Hozirga kelib Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi jami medallar soni 37 taga (10 ta oltin, 17 ta kumuş va 10 ta bronza) yetdi. Ayni damda Özbekiston umumjamoa hisobida 4-örinda bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyo öyinlarida oltin medal olgan özbekistonlik sportçilarga 25 000 AQŞ dollari miqdorda pul mukofoti berilişi haqida xabar berilgandi.