Tarix yozildi! Özbekiston ikki karra Şaxmat olimpiadasi çempioni böldi
27-09-2026, 16:30
142 марта
Bugun, 27 sentyabr kuni şaxmat böyiça Özbekiston-1 jamoasi Ukraina bilan uçraşuv tugaşidan oldin olimpiadadagi çempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Çunki Hindiston sönggi turda Vengriya bilan 2:2 durang öynadi.
Özbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir oçko oldinda edi: 18 ga 17. Özbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barçasida ğalaba qozondi. Hal qiluvçi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida ğalaba qozonildi. 8-turda Germaniya ğalabali seriyani töxtatdi, ammo jamoa darhol özini tikladi: 9-turda turnirning birinçi raqamli saralangan jamoasi — AQŞ mağlub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi.
Ukrainaga qarşi sönggi ğalaba oltin medal masalasini hal qildi.
Özbekiston tarkibi:
Javohir Sindarov;
Nodirbek Abdusattorov;
Nodirbek Yoqubboyev;
Şamsiddin Vohidov;
Muhiddin Madaminov.
Jamoa sardori — sobiq jahon çempioni Rustam Qosimjonov. Uşbu tarkibdagi tört nafar şaxmatçi 2022 yilda Çennai Olimpiadasida oltin medalni qölga kiritgan jamoada ham öynagan.
Özbekiston şaxmatining sönggi uç Olimpiadadagi natijasi quyidagiça:
2022, Çennai — oltin;
2024, Budapeşt — bronza;
2026, Samarqand — oltin.
Şu tariqa, Özbekiston ketma-ket uçta Şaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va tört yil içida ikkinçi bor “Open”bölimida jahonning eng kuçli terma jamoasi böldi.