Skaloni Argentina bilan şartnomasini uzaytiradi
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) milliy terma jamoa boş murabbiyi Lionel Skaloni bilan şartnomani 2030 yilgaça uzaytirişga kelişdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano malum qildi.
Manbaga köra, tomonlar oğzaki kelişuvga erişgan. Unga muvofiq, 48 yoşli mutaxassis Argentina terma jamoasini 2030 yilgi jahon çempionati yakuniga qadar boşqarişi kutilmoqda.
Avvalroq, 2026 yilgi Jahon çempionatidan keyin Skaloni lavozimini tark etişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy yilning sentyabr oyida OAV mutaxassis AFA prezidenti Klaudio Tapiaga ehtimoliy istefosi haqida malum qilganini yozdi.
Şuningdek, assotsiatsiya murabbiyni jamoada qolişga köndirişga harakat qilayotgani aytilgan. Skalonining amaldagi şartnomasi 2026 yil oxirigaça möljallangan.
Malumot uçun, Skaloni 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasini boşqarib kelmoqda. Uning qöl ostida jamoa 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogi, 2022 yilda jahon çempionati hamda Finalissimada ğolib çiqqan.