“Barselona” PSJ ustidan UEFA’ga şikoyat qildi
“Barselona” klubi Çempionlar ligasining uçinçi turi doirasida “Pari Sen-Jermen”ga qarşi öyin oldidan parijlik muxlislar tomonidan namoyiş etilgan provokatsion banner yuzasidan UEFA’ga rasmiy şikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda “La Vanguardia” naşri xabar berdi.
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Parijdagi “Park de Prens” stadionida bölib ötgan bahsda mezbonlar kataloniyaliklarni 4:2 hisobida mağlub etgandi.
Uçraşuv boşlanişidan oldin PSJ muxlislari tribunalardan birida ulkan bannerni oçgan. Unda PSJ futbolkasini kiygan, yuzi niqob bilan tösilgan erkak arra yordamida “Barselona” emblemasini kesayotgani tasvirlangan. Bannerda frantsuz tilida “Massacre à la parisienne” – “Parijça uslubdagi qirğin” degan yozuv ham bölgan.
“Reuters”ning yozişiça, banner dizaynida 1974 yilda suratga olingan maşhur Amerika dahşatli filmi “Texasdagi arrali qotillik”dan ilhomlangan. “Barselona” vakili naşrga klub uçraşuvdan söng UEFA vakiliga banner mazmuni hamda tribunalardan yangragan haqoratli qöşiqlar haqida rasman malumot berganini tasdiqlagan.
Ispaniyaning “Cadena SER” radiostantsiyasi xabar berişiça, kataloniyaliklar uşbu tasvirlarni qabul qilib bölmaydigan deb hisoblamoqda. Klub vakillarining fikriça, banner sportda zöravonlik va nafratni tarğib qilişi mumkin. Şuningdek, “Barselona”ga qarşi qaratilgan boşqa haqoratomuz bannerlar ham norozilikka sabab bölgan.
Frantsiyaning “L’Équipe” naşri malumotlariga köra, PSJ rahbariyati muxlislar tayyorlagan uşbu namoyişni oldindan maqullagan.
UEFA intizomiy reglamentining 16.2(e)-moddasiga muvofiq, sport tadbiri xususiyatiga mos kelmaydigan provokatsion xabarlarni imo-işoralar, sözlar, buyumlar yoki boşqa vositalar orqali namoyiş etiş intizomiy jazoga sabab bölişi mumkin. Bunday qoidabuzarlik uçun standart jarima 10 ming yevroni taşkil etadi. Biroq yakuniy qarorni UEFA’ning intizomiy organlari qabul qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston futbol federatsiyasi salbiy mazmundagi va Özbekiston bayroği aks etgan banner bilan boğliq mojarodan keyin “Aqtobe” va “Ordabasi” klublariga nisbatan jarima çorasini qöllagandi.