USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hamroyev oltin medalni qanday qaytarib olganini aytdi

88 марта
Ҳамроев олтин медални қандай қайтариб олганини айтди

Apellyatsiyasidan keyin oltin medali qaytarilgan özbekistonlik paraatlet Faxriddin Hamroyev qonunni bilmaganligi sababli raqibi uni ustidan şikoyat qilganini va şu sababli ham oltin medalini qaytarib olganini aytdi.

Faxriddin Hamroyev Ayçi-Nagoyada ötkazilayotgan musobaqada T13 klassida 1500 metrga yuguriş bahsida barça raqiblarini ortda qoldirib, marraga birinçi bölib yetib borgan va oltin medalni qölga kiritgan.

Biroq musobaqadan keyin iordaniyalik sportçi hakamlarga şikoyat bilan murojaat qilgan. U Hamroyev özini itarib yuborgani va yugurişiga xalaqit berganini davo qilgan. Şikoyat qanoatlantirilgaç, özbekistonlik atletning natijasi bekor qilinib, u diskvalifikatsiya qilingan.

“Tasavvur qiling, marraga birinçi yetib kelyapsiz va oltinsiz qolyapsiz. Finiş çiziğiga 150 metr qolganda iordaniyalik raqibimdan ötib ketdim. Men birinçi, u ikkinçi kirdi va şunday şikoyat qildi, ustimdan apellyatsiya berib, yani ötib ketganimda uni men urib, yölini tösib ketgan ekanman. Qonunni bilmaganligi sababli, bizning mutaxassislarimiz, delegatsiyamizdan kelgan rahbarlarimiz kirib, qayta apellyatsiya berib, qonunni körsatib, isbotlab berişdi va uni xatoligini öziga aytib, meni oltin medalimni qaytarib berdi va men muhim bölgan 30-oltin medalni Özbekistonga taqdim etganimdan xursandman. Bu borada hammamizni qöllab-quvvatlab turgan delegatsiyamiz, qöllab-quvvatlaşga kelgan boşqa rahbariyatlarga, hammasiga rahmat aytamiz”, deydi Hamroyev.

Özbekiston delegatsiyasining masul vakillari apellyatsiya şikoyatini bergandan söng Xalqaro paraatletika nazorat komissiyasi musobaqa videoyozuvini qayta körib çiqqan. Tekşiruv natijalariga köra, Hamroyev raqibiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etmagan, deb topilgan va oltin medal qaytarilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: