USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲ USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Neymar 6 öyinga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin

12 марта
Неймар 6 ўйинга дисквалификация қилиниши мумкин

Braziliyaning “Santos” klubi hujumçisi Neymar olti öyingaça diskvalifikatsiya qilinişi va jarimaga tortilişi mumkin. Bu haqda “Globo” portali xabar berdi.

Braziliyalik yulduz “Baiya”ga qarşi 1:1 hisobida yakunlangan uçraşuvda Rodrigo Nestor bilan janjal vaqtida oğzini qöli bilan berkitgani uçun maydondan çetlatildi. Hodisa ikkinçi bölim boşlanişi arafasida yuz bergan. Raqib futbolçisi uşbu holatga etibor qaratganidan söng, hakam VAR yordamida vaziyatni körib çiqib, Neymarni maydondan çetlatişga qaror qilgan.

Uşbu holat yuzasidan Neymarni olti öyingaça diskvalifikatsiya qiliş imkoniyati körib çiqilmoqda. Bundan taşqari, braziliyalik futbolçi 100 ming Braziliya realigaça jarimaga tortilişi ham mumkin. Uşbu qoida “Vinisius Junior qoidasi” deb atalmoqda.

U 2026 yil fevral oyida Çempionlar ligasida “Real Madrid” va “Benfika” örtasidagi uçraşuvdan keyin qöllanila boşlagan. Öşanda Vinisius Junior argentinalik Janluka Prestianni tomonidan irqçilikka oid haqoratga uçraganini malum qilgan edi.

Keyinçalik mazkur qoida 2026 yilgi Jahon çempionatida ham joriy etildi. Turnir guruh bosqiçidagi Turkiyaga qarşi bahsda paragvaylik yarim himoyaçi Migel Almiron oğzini qöli bilan berkitgani uçun maydondan çetlatilgan.

Qayd etiş joiz, Neymar 2026 yilda barça musobaqalarda 27 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 10 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oşirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: