“Siti” penaltilar seriyasida “Brayton”ni mağlub etdi
Keça, 28 oktyabr kuni Angliya Liga kubogining 1/8 final bosqiçi doirasida bir qator uçraşuvlar bölib ötdi. Unda “Mançester Siti” öz maydonida “Brayton”ni penaltilar seriyasida mağlub etib, musobaqaning çorak final bosqiçiga yöl oldi.
Uşbu uçraşuvda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov 76-daqiqa zaxiradan maydonga tuşdi va öyin oxiriga qadar harakat qildi.
Uçraşuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. 30-daqiqada Malik Yalkuye “Brayton”ni hisobda oldinga olib çiqdi. Biroq 40-daqiqada Mateo Kovaçiç hisobni tenglaştirdi.
Ikkinçi bölim boşida, 47-daqiqada Jorjino Ryutterning goli “Brayton”ga yana ustunlikni qaytardi. Uçraşuvning 72-daqiqasiga kelib Vitor Reysning aniq zarbasi esa “Mançester Siti”ni mağlubiyatdan qutqarib qoldi.
Penaltilar seriyasida “Mançester Siti” 4:3 hisobida ğalaba qozonib, Angliya Liga kubogining çorak finaliga yöl oldi. Jamoaning çorak finaldagi raqibi qura natijasida aniqlanadi.
Malumot uçun, Angliya Liga kubogi 1960 yildan buyon ötkazib kelinadi. Musobaqada Angliya futbol ligasining törtta yuqori divizionidagi klublar iştirok etadi. “Liverpul” 10 marta sovrinni qölga kiritib, musobaqa tarixidagi eng köp ğalaba qozongan klub hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq mamlakatning amaldagi çempioni “Arsenal” jamoasi musobaqaning 1/8 final bosqiçida safarda 4-divizion jamoasi “Flitvud”ga mağlub bölgandi.