Xorazmlik oğir atletikaçilar «Prezident olimpiadasi»da uç medalni qölga kiritdi
Bugun, 06:42
15 марта
Xorazmlik oğir atletikaçilar «Prezident olimpiadasi»da uç medalni qölga kiritdi«Prezident olimpiadasi» sport musobaqalari doirasida oğir atletika böyiça qizlar örtasida 49 va 53 kg, erkaklar örtasida 60 va 65 kg vazn toifalarida ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Xorazm vakillari bu bahslarda bir kumuş va ikki bronza medalga sazovor böldi.
Viloyatimiz uçun eng yuqori natijani Alibek Gulimboyev qayd etdi. U 65 kg vazn toifasida dast kötariş bahslarida 94 kg natija bilan ikkinçi örinni egalladi. Ğolib bölgan qaşqadaryolik Kamron Raşidovdan (95 kg) bor-yöği 1 kg ortda qoldi. Bu bahsda uçinçi örin buxorolik Kamronbek Xolbotayevga (93 kg) nasib etdi.
Qizlar örtasida 49 kg vazn toifasida Ruxsora Bardiboyeva siltab kötariş bahslarida 72 kg natija bilan bronza medalni qölga kiritdi. Bu bahsda surxondaryolik Mahliyo Jumanazarova (81 kg) birinçi, Toşkent viloyatidan Şaxzoda Inagamova (75 kg) ikkinçi örinni egalladi.
53 kg vazn toifasida esa Çarosxon Norbayeva dast kötarişda 70 kg zalni kötarib, uçinçi pöğonaga kötarildi. Bu bahsda qoraqalpoğistonlik Gulbanu Upayeva 73 kg bilan ğolib böldi, namanganlik Şodiyona Axmadjonova 72 kg bilan ikkinçi örinni oldi. Upayeva siltab kötarişda ham 87 kg natija bilan birinçilikni qölga kiritdi.
Erkaklar örtasida 60 kg vazn toifasida Toşkent şahri vakili Dilşodbek Mixliev ikkala yönalişda ham ğolib böldi — dast kötarişda 93 kg, siltab kötarişda 110 kg. 65 kg vazn toifasidagi siltab kötariş bahslarida esa Kamronbek Xolbotayev 116 kg natija bilan birinçi örinni egalladi.
Barça natijalar
Qizlar, 49 kg, dast kötariş:
1. Inagamova Şaxzoda (Toşkent viloyati) — 60 kg
2. Jumanazarova Mahliyo (Surxondaryo viloyati) — 57 kg
3. Xojanazarova Sarvinoz (Qaşqadaryo viloyati) — 56 kg
Qizlar, 49 kg, siltab kötariş:
1. Jumanazarova Mahliyo (Surxondaryo viloyati) — 81 kg
2. Inagamova Şaxzoda (Toşkent viloyati) — 75 kg
3. Bardiboyeva Ruxsora (Xorazm viloyati) — 72 kg
Qizlar, 53 kg, dast kötariş:
1. Upayeva Gulbanu (Qoraqalpoğiston Respublikasi) — 73 kg
2. Axmadjonova Şodiyona (Namangan viloyati) — 72 kg
3. Norbayeva Çarosxon (Xorazm viloyati) — 70 kg
Qizlar, 53 kg, siltab kötariş:
1. Upayeva Gulbanu (Qoraqalpoğiston Respublikasi) — 87 kg
2. Axmadjonova Şodiyona (Namangan viloyati) — 86 kg
3. Mahmarahimova Ezoza (Qaşqadaryo viloyati) — 84 kg
Erkaklar, 60 kg, dast kötariş:
1. Mixliev Dilşodbek (Toşkent şahri) — 93 kg
2. Saitmuratov Nuriddin (Toşkent viloyati) — 91 kg
3. Baxtiyorov Azizbek (Samarqand viloyati) — 88 kg
Erkaklar, 60 kg, siltab kötariş:
1. Mixliev Dilşodbek (Toşkent şahri) — 110 kg
2. Baxtiyorov Azizbek (Samarqand viloyati) — 109 kg
3. Saitmuratov Nuriddin (Toşkent viloyati) — 108 kg
Erkaklar, 65 kg, dast kötariş:
1. Raşidov Kamron (Qaşqadaryo viloyati) — 95 kg
2. Gulimboyev Alibek (Xorazm viloyati) — 94 kg
3. Xolbotayev Kamronbek (Buxoro viloyati) — 93 kg
Erkaklar, 65 kg, siltab kötariş:
1. Xolbotayev Kamronbek (Buxoro viloyati) — 116 kg
2. Raşidov Kamron (Qaşqadaryo viloyati) — 115 kg
3. Nigmatillayev Maxmudjon (Toşkent viloyati) — 115 kg






