USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

"Xorazm" – "Paxtakor": raqamlar kimni yoqlaydi?

118 марта
"Xorazm" – "Paxtakor": raqamlar kimni yoqlaydi?

Bugun, 30-oktyabr kuni soat 18:30 da Superliganing 26-turi doirasida "Xorazm" Urgançda poytaxtning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi. Uçraşuv oldidan UZSL jamoalarning mavsumdagi örtaça statistik körsatkiçlarini e'lon qildi.

Turnir jadvalida ikki qutb

Jamoalar örtasidagi farq jadvalda yaqqol körinadi. "Paxtakor" 53 oçko bilan ikkinçi örinda borayotgan bölsa, "Xorazm" 23 oçko bilan 15-poğonada turibdi va ligada qoliş uçun kuraşmoqda.

Sönggi beşta öyindagi şakl ham turliça: "Xorazm" uç marta durang öynab, ikki marta mağlub bölgan – ğalaba yöq. "Paxtakor" esa uç ğalaba, bir durang va bir mağlubiyatga ega.

Örtaça körsatkiçlar

"Xorazm":
– örtaça gol: 0,84
– örtaça ötkazgan gol: 1,44
– örtaça xG (kutilgan gollar): 1,07
– raqib xG: 1,74
– töp nazorati: 47%

"Paxtakor":
– örtaça gol: 1,76
– örtaça ötkazgan gol: 1,00
– örtaça xG: 1,83
– raqib xG: 1,29
– töp nazorati: 56%

Raqamlar nimani anglatadi?

"Xorazm"ning xG körsatkiçi (1,07) haqiqiy gollardan (0,84) yuqori. Bu jamoa yaratgan imkoniyatlarining bir qismini boy berayotganini, ya'ni hujumda yakunlovçi zarba muammo ekanini körsatadi. Himoyada esa raqiblar har öyinda örtaça 1,74 xG lik vaziyat yaratmoqda.

"Paxtakor" deyarli barça körsatkiçlarda ustun: urgan gollari ikki barobar köp, töpga egalik qilişda ham oldinda.

Gollar qaysi daqiqalarda urilgan?

"Xorazm" mavsumda 21 ta gol urgan va ularning 11 tasi tanaffus atrofiga – 31–60-daqiqalar oralığiga töğri keladi. Biroq jamoa 36 ta gol ötkazgan, şundan 14 tasi öyinning sönggi yarim soatida (61–90+ daqiqalar). Demak, finişda diqqat va kuç yetişmasligi sezilmoqda.

"Paxtakor" 44 ta gol urgan, eng samarali davrlari – 16–30-daqiqalar (10 gol) va 61–75-daqiqalar (9 gol). Qiziği, poytaxt jamoasi ötkazgan 25 ta golning 20 tasi ikkinçi taymga töğri keladi, eng zaif davri esa 76–90+ daqiqalar (9 gol). Birinçi taymda "Paxtakor" bor-yöği 5 ta gol ötkazgan.

Uçraşuv tarixi

Birinçi davradagi öyinda Toşkentda "Paxtakor" 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi. PFL matbuot xizmati ma'lumotiga köra, urgançliklar "Paxtakor"ni çorak asrdan buyon yuta olmayapti.

Statistika "Paxtakor" tomonida, ammo öz maydonida öynaydigan "Xorazm" uçun har bir oçko qimmatli. Ayniqsa, raqibning sönggi daqiqalardagi zaifligi mezbonlarga imkoniyat berişi mumkin.

#Xorazm #Paxtakor #Superliga #XorazmBugun #futbol

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: