USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ispaniyada futbolçi raqib bilan töqnaşuvdan söng yurak xurujiga uçradi

72 марта
Испанияда футболчи рақиб билан тўқнашувдан сўнг юрак хуружига учради

Ispaniyaning “Tenerife” klubi hujumçisi Xesus de Migel mamlakat ikkinçi divizionining 12-turi doirasida “Andorra”ga qarşi uçraşuvning sönggi daqiqalarida yurak xurujiga uçradi. Bu haqda AS naşri xabar berdi.

Keça, 2 noyabr kuni Santa-Krus-de-Tenerife şahrida ötkazilgan bahs qöşimça vaqtning yettinçi daqiqasida, 2:2 hisobida töxtatildi. “Andorra” darvozaboni Xesus Ovono darvozasidan çiqib, raqib bilan birga-bir vaziyatni bartaraf etişga uringanida de Migel bilan töqnaşib ketdi. Boş hakam darvozabonga darhol qizil kartoçka körsatdi.

Töqnaşuvdan söng de Migel huşini yöqotdi. U zambilda maydondan olib çiqilib, kiyiniş xonasiga yetkazildi, keyin esa tez yordam maşinasida şifoxonaga olib ketildi. Xabarlarga köra, futbolçining yuragi va nafas olişi töxtab qolgan. Tez yordam xodimlari uning ahvolini barqarorlaştirişga muvaffaq bölgan, biroq futbolçi huşsiz holatda qolgan.

“Tenerife” klubi bayonotida futbolçining ahvoli barqaror, ammo jiddiy ekani va u reanimatsiya bölimida ekani malum qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: