USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Portugaliya Ronaldu uçun xayrlaşuv uçraşuvi taşkil qiladi

77 марта
Португалия Роналду учун хайрлашув учрашуви ташкил қилади

Portugaliya futbol federatsiyasi (PFF) Kriştianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaş haqida qaror qabul qilganidan söng futbolçi bilan xayrlaşdi. Şuningdek, taşkilot uning şarafiga tantanali xayrlaşuv marosimini ötkazişga vada berdi. Bu haqda federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, 41 yoşli Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini elon qilgan edi.

“Barçasi uçun rahmat, sardor! Bu yer doimo sening uying bölib qoladi! 1000-goling sari olğa! Kriştianu Ronaldu Portugaliya nomini yuksaltirdi va uning izidan borişni orzu qiladigan yoş avlodlarga ilhom bağişladi. Köpçilik uçun u barça davrlarning eng yaxşi futbolçisidir”, deyiladi federatsiya bayonotida.

Şuningdek, federatsiya futbolçi bilan munosib tarzda xayrlaşiş niyatida ekanini takidladi.

“Federatsiya munosib hurmat körsatilmasdan xayrlaşuvga yöl qöymaydi. Biz Kriştianu Ronalduning buyuk faoliyatini yodga oliş uçun maxsus tadbir taşkil etişga qatiy qaror qilganmiz”, deya takidladi taşkilot.

Malumot uçun, Ronaldu 2016 yilda Portugaliya bilan Yevropa çempioni bölgan. U milliy terma jamoalar tarixida eng köp öyin ötkazgan (234) va eng köp gol urgan (146) futbolçi hisoblanadi.

Beş karra “Oltin töp” sohibi, beş karra Çempionlar ligasi ğolibi bölgan Ronaldu rasmiy uçraşuvlarda kiritilgan gollar soni böyiça jahon rekordçisi hamdir. Ayni paytda u Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida töp tepmoqda. Faoliyati davomida “Sporting”, “Mançester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida ham öynagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşi haqida xayrlaşuv maktubini yozgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: