Prezident olimpiadasi: Xorazm viloyati 24 ta oltin medal bilan uçinçi örinni egalladi
7-11-2026, 20:31
92 марта
Prezident olimpiadasi: Xorazm viloyati 24 ta oltin medal bilan uçinçi örinni egalladi"Prezident olimpiadasi"ning 2026-yilgi musobaqalari böyiça yakuniy medallar jamğarmasi e'lon qilindi. Xorazm viloyati terma jamoasi 24 ta oltin, 18 ta kumuş va 27 ta bronza, jami 69 ta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli uçinçi örinni egalladi.
Birinçi örinni Toşkent şahri (33 ta oltin, 22 ta kumuş, 23 ta bronza, jami 78 ta), ikkinçi örinni esa Samarqand viloyati (25 ta oltin, 21 ta kumuş, 31 ta bronza, jami 77 ta) qölga kiritdi.
E'tiborli jihati şundaki, umumiy medallar soni böyiça Toşkent va Qaşqadaryo viloyatlari (har biri 70 tadan) Xorazmdan bitta ortiq medal jamlagan. Biroq jamoalarning örni oltin medallar soniga qarab belgilangani uçun xorazmlik yoş sportçilar ularni ortda qoldirdi. Ikkinçi örindagi Samarqand jamoasidan esa atigi bitta oltin medal farq qildi.
Musobaqalar davomida Xorazm jamoasi uzoq vaqt peşqadamlik qildi. Uçinçi va törtinçi kun yakunlariga köra viloyatimiz vakillari umumjamoa hisobida birinçi örinda borgan edi.
Eslatib ötamiz, ikkinçi bor ötkazilayotgan Prezident olimpiadasi 27-oktabr kuni poytaxtdagi Olimpiya şaharçasida tantanali ravişda oçilgan edi. Musobaqalarda 4 mingga yaqin sportçi qatnaşib, ming nafardan ziyod murabbiy ularga yöl-yöriq körsatib turdi. Olimpiada 8-noyabr kuni yakunlanadi.
"Xorazm Bugun" tahririyati viloyatimiz şarafini himoya qilgan yoş sportçilarimizni, ularning murabbiylari va ota-onalarini uşbu yuksak natija bilan çin qalbdan tabriklaydi!