“Hazil edi”. Tramp UFC rahbariga bergan taklifi haqida gapirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi böliş haqidagi taklifi hazil bölganini aytdi. Bu haqda u jurnalistlarga malum qildi.
“Albatta, men hazillaşdim”, deydi Tramp jurnalistlarga.
Avvalroq, Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Uaytni Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaşni, jangçilar Islom Maxaçev va Xabib Nurmagomedovni esa uning yordamçilari qilişni taklif qilgan edi.
Keyinçalik “The Waşington” Post naşri Trampning taklifi hazil tariqasida bildirilganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, Oq uyning avvalgi matbuot kotibi Keti Zakariya uşbu lavozimda atigi beş kun işlagan. U ilk matbuot anjumanidagi muvaffaqiyatsiz çiqişi va advokatlik litsenziyasi bilan boğliq mojarodan söng işdan böşatilgan.
Tramp bundan avval Karolin Levitt ikkinçi farzandi tuğilganidan keyin oilasiga köproq vaqt ajratiş maqsadida bir yarim yillik faoliyatidan söng lavozimni tark etgani sababli matbuot kotibini almaştirgan.