USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Rossiyaga qarşi öyinda favorit – Nepomnyaşiy

108 марта
Ўзбекистон Россияга қарши ўйинда фаворит – Непомняший

Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Valeriy Nepomnyaşiy Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasida keçadigan bölajak örtoqlik uçraşuvida özbekistonliklarni favorit deb hisoblaşini aytdi. Bu haqda u “RB Sport” naşriga malum qildi.

“Birinçidan, Özbekiston milliy terma jamoasi ötgan yozda Jahon çempionatida iştirok etdi. Ikkinçidan, köplab özbek futbolçilari Yevropa ligalarida, jumladan, Rossiya Premer-ligasida töp tepadi. Bilişimça, Rossiya terma jamoasi bölajak öyinda eng kuçli tarkib bilan maydonga tuşa olmaydi. Şuning uçun, mening fikrimça, özbekistonliklar bu bahsda favorit. Rossiyalik futbolçilar esa öşa kuni yaxşi taassurot qoldiriş uçun köp mehnat qilişlariga töğri keladi”, deydi Nepomnyaşiy.

Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi ertaga, 12 noyabr kuni Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida soat 20:00 da bölib ötadi.

Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi joriy FIFA kunlari doirasida Rossiyadan söng Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvida iştirok etadi. Saudiya Arabistoniga qarşi bahs joriy yilning 17 noyabr kuni Dohada ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq noyabr oyidagi yiğin uçun Özbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi elon qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: